Putin Rossiyaning eng yangi qurollarini taqdim qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal yig‘inga murojaatida uning aytishicha dunyoda analoglari yo‘q bo‘lgan eng yangi strategik harbiy ishlanmalarni taqdim qildi. Qurollar taqdimoti ularning imkoniyatlarini namoyish qilish maqsadida ko‘plab videoroliklar bilan olib borildi. Quyida Putin tomonidan tanishtirilgan qurollar namunalari haqida qisqacha ma'lumotlar berilgan.
“Sarmat” ballistik raketasi
Yangi qit'alararo raketa “Voyevoda” majmuasi o‘rniga keladi. Uning sinovlari boshlab yuborilgan. Raketa 200 tonna keladi va parvoz uzoqligi bo‘yicha deyarli cheklovga ega emas. “Sarmat” yadroviy va katta kuchga ega gipertovushli o‘q-dorilar keng spektri hamda raketalarga qarshi mudofaa tizimini (RQMT) yengib o‘tuvchi eng zamonaviy tizimlar bilan jihozlangan.
Yadroviy dvigatelga ega yangi qanotli raketa
Yadroviy energetik qurilmaga ega qanotli raketa muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Ushbu raketa ham cheklanmagan ta'sir qilish doirasiga va oldindan aytib bo‘lmas parvoz trayektoriyasiga ega bo‘ladi. Raketa nishonga yaqinlashganda ballistik parvoz trayektoriyasini qo‘llamaydi, shu sabab RQMT unga qarshi ojiz bo‘ladi.
Qit'alar orasida harakatlana oluvchi suv osti dronlari
Suv osti kemalari, zamonaviy torpedo va eng tezkor suv sirti kemalari tezligidan bir necha marta kattaroq tezlikka ega, qit'alar orasida harakatlana oluvchi boshqaruvchisiz suv osti qurilmalari ishlab chiqilgan.
“Kinjal” gipertovushli raketa majmuasi
2017 yil 1 dekabrda Rossiyaning Janubiy harbiy okrugida yuqori aniqlikdagi gipertovushli aviatsiya-raketa majmuasi “Kinjal” jangovar navbatchilikka qo‘yilgan. Samolyot-tashuvchi raketani uni tashlash nuqtasiga sanoqli daqiqalarda yetkaza oladi. Raketa parvoz vaqtida trayektoriyaning barcha qismlarida manyovrlar bajaradi va tovush tezligidan 10 karra kattaroq tezlik bilan harakatlanadi. Uning ta'sir qilish doirasi 2 ming kmdan ko‘proqni tashkil qiladi.
O‘zi uchib yuruvchi qanotli blokka ega “Avangard” raketa majmuasi
Yangi strategik qurol – o‘zi uchib yuruvchi qanotli blokka ega “Avangard” raketa majmuasining seriyali ishlab chiqarilishi boshlandi. Bu tizim atmosferaning zich qatlamlarida qit'alararo parvozlarni Max sonidan 20 marta kattaroq gipertovushli tezlikda amalga oshirishga imkon beradi. Blok uzoq vaqt yonuvchi olovli shar kabi manyovr qila oladi.
Jangovar lazer majmualari
Rossiyada yangi fizik tamoyillarga asoslangan istiqbolli qurol – jangovar lazer majmualari yaratilgan. 2017 yilda bu majmualar Rossiya qo‘shinlariga yetkazila boshlandi. Putin uning ko‘rsatkichlarini aytib o‘tirmagan va Rossiya bu masalada boshqa davlatlarga nisbatan bitta qadam oldinlab ketganini aytgan.
Putin o‘z chiqishini yakunlar ekan, Rossiyaning eng yangi raketa qurollari AQSh RQMTini va NATOning sharqqa kengaytirilishini befoydaga aylantirishini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
13:11
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58
Putin Kursk oblastini Tramp inauguratsiyasigacha qaytarmoqchi
22:35 / 11.11.2024
«Tramp bilan ham, G‘arb yetakchilari bilan ham muloqot rejalanmayapti» - Peskov
16:42 / 11.11.2024