Putin taqdim qilingan qurollar muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma'lum qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin parlamentga murojaati vaqtida taqdim qilingan qurollar muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani, ulardan ba'zilarini kam-ko‘stini to‘ldirish lozimligini, bir qismi esa qo‘shinlarga yetkazishga va qo‘llashga tayyorligini aytgan.
“Ularning barchasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu qurollar tayyorligining turli bosqichlarida turibdi”, deb aytgan Putin NBC jurnalisti Megin Kellining “Bu qurollar ba'zi mutaxassislar aytgandek, kopmyuter grafikasi emasmi?”, degan savoliga javoban.
“Ulardan ba'zilari jangovar navbatchilikda turibdi”, deb aytgan Putin “Rossiyada haqiqatan ham sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan yadroviy energiya qurilmalariga ega qit'alararo raketalar mavjudmi?” degan savolga.
Putin yangi qurollanish poygasi AQSh raketalarga qarshi mudofaa kelishuvidan chiqqandan keyin boshlanganini aytib o‘tgan.
Putin 1 mart kuni Federal yig‘inga murojaatida Rossiyaning dunyoda analoglari bo‘lmagan yangi qurollarini taqdim qildi. Gap “Sarmat” raketa majmuasi, suv osti dronlari, yadroviy dvigatelli qanotli raketa, “Kinjal” raketa majmuasi, lazer va gipertovushli qurol haqida borgan.
Putin G‘arb strategik muvozanat buzilishi borasida Rossiyaning xavotirlarini muhokama qilishdan bosh tortgani va Moskvaning AQShning global raketalar hujumiga qarshi tizimi joylashtirilishi bilan bog‘liq tahdidlarni neytrallashtirishga tayyorligi haqidagi ogohlantirishlariga quloq tutmaganini ta'kidlab o‘tdi. “Hech kim bizni eshitmagandi. Hozir eshitarsizlar”, deb aytgan Putin taqdimotdan keyin.
Mavzuga oid
11:50
WP: YeI qurol yetkazib berish o‘rniga Ukraina HSKga sarmoya kiritmoqda
09:20
Zelenskiy ukrain qurollarini ishlab chiqarishni kengaytirish niyatida
10:10 / 12.10.2024
Berbok: Putin Ukraina masalasini Shols bilan muhokama qilishdan bosh tortdi
21:13 / 11.10.2024