Jahon | 09:52 / 03.03.2018
58231
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinda “bir shoxli” bola tug‘ildi

Filippinda entsefalotseleli bola dunyoga keldi, unda bosh miya suyagi nuqsoni bo‘lib, shu sababdan boshida shoxga o‘xshash shish bor. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Shifokorlar homiladorlik paytida anomaliyani aniqlashmagan, shu tufayli kasallik chaqaloqning ota-onasi uchun kutilmagan hodisaga aylandi.

Ta'kidlanishicha, shish bosh miyaga zarar yetkazmagan va salbiy emas. Shifoxonadan aytishlaricha, jarrohlik amaliyotidan so‘ng bolaning ahvoli yaxshilanishi kerak.

Entsefalotsele – bosh miya suyagi grijasi bo‘lib, besh ming chaqaloqdan bir nafarida kuzatiladi. 

 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid