Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yadro qurolidan voz kechishdi
Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar bergan.
Hujjat Nyu-Yorkda, Qozog‘istonning BMTga kirganiga 26 yil to‘lgan kunda imzolandi.
«Qozog‘iston Shartnoma matnini ishlab chiqish va qabul qilishda faol ishtirok etdi, u yadroviy qurolsizlanish tarixida yuridik jihatdan birinchi majburiy hujjatga aylandi. Uning asosiy bandlari Qozog‘istonning prinsipial pozitsiyasiga mos keladi, u dunyoda to‘rtinchi yadro arsenali egasidan yadroviy qurolsizlanish va tarqatmaslik sohasidagi yetakchi mamlakatga aylanish bo‘yicha yo‘lni bosib o‘tdi», - deya xabar berishgan idoradan.
TIVdan qayd etishlaricha, bu qaror dunyodagi eng yirik ikkinchi yadro poligoni yopilishi, shuningdek, «Sovuq urush yadroviy merosidan» voz kechish tufayli amalga oshdi.
Shuningdek, vazirlikdan ta'kidlashlaricha, mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev qator yetakchi davlatlar qurolsizlanishni istamayotganiga qaramay, jahon hamjamiyatini yadro qurolidan voz kechishga chaqirishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:56 / 10.04.2026
Zelenskiy Ukrainaning yadro qurolidan voz kechishini «katta xato» deb atadi
19:31 / 27.03.2026