18:39 / 03.03.2018
12687

VAR tizimi futbol qoidalariga kiritildi

Foto: Getty Images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) hakamning video-yordamchisi (VAR) tizimini futbol qoidalariga kiritilishini ma'qulladi. Endi undan JCh-2018 o‘yinlarida foydalaniladi.

AP xabariga ko‘ra, futbol qoidalariga o‘zgarish kiritish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot - Xalqaro futbol uyushmalari kengashi (IFAB) yig‘ilishida yangilikni joriy qilish haqida qaror qabul qilindi.

FIFA rahbari Janni Infantino so‘zlariga ko‘ra, 64ta o‘yindan iborat mundialda hakamlar bahsli holatlarni ko‘rib chiqish uchun, yuqori texnologik yordamni olishlari shart. Video-lavhalardan gollar, penalti va qizil kartalar bilan bog‘liq vaziyatlarda foydalaniladi.

Top