Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda 5 dollarlik mobil telefon haqida rolik paydo bo‘ldi
Foto: youtube\ Unbox Therapy
YouTube’da narxi 5 dollarlik Viva V1 mobil telefoni haqida rolik paydo bo‘ldi. Telefon Hindistonda ishlab chiqariladi va uni eng kam ta'minlangan qatlam vakillari ham sotib olishga qodirlar.
Ushbu qurilma barcha asosiy funksiyalarga ega. Telefonni yaratgan kompaniyaning ta'kidlashicha, qurilma Hindistonda ishlab chiqarilgan eng arzon gadjyetdir. Mobil qurilma monoxrom displey, standart tugmalarga ega.
Qurilma USB-port va sim-kartalar uchun slotga ega. Bu telefonda kalkulyator va Snake o‘yini ham bor. Foydalanuvchilar 5 dollarga telefon sotib olish imkoniyati paydo bo‘lganidan hayrat bildirishgan.
Telefonda, shuningdek, radio va quloqchinlar mavjud. Foydalanuvchilardan birining eslashicha, 1990 yilda bunday funksiyalarga ega bo‘lgan telefonga 5 ming dollar so‘ralgan.
Mavzuga oid
15:29 / 24.12.2025
10 000 mA·soat, ventilyator va flagman chip: Honor Win nimasi bilan shov-shuv bo‘lmoqda?
20:27 / 08.12.2025
Smartfon tufayli bolalarda depressiya va semizlik rivojlanishi mumkin – tadqiqot
23:08 / 07.12.2025
Xiaomi uch buklanadigan smartfonini qachon chiqarishi ma’lum qilindi
22:20 / 04.12.2025