Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Misrga 3 kunlik tashrifini boshladi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon 4 mart kuni Misrga 3 kunlik safarini boshladi. Uning Qohira xalqaro aeroportiga kelishi Misr televideniyesi tomonidan namoyish qilingan. Shahzodani shaxsan Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy kutib olgan.
Qohira Muhammad bin Salmon 2017 yil iyunda otasi qirol Salmon tomonidan valiahd shahzoda etib tayinlangandan keyin ilk xorijiy safarining birinchi to‘xtash joyi bo‘ldi. Keyinroq u Buyuk Britaniya va AQShga safar amalga oshirmoqchi.
Tashrif davomida shahzoda as-Sisiy bilan muzokaralar o‘tkazadi. Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, Yaqin Sharqdagi to‘xtamayotgan mojarolar, terrorchilik xavfi va hamkorlik masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, uchrashuvda muhokama qilinadigan asosiy mavzular Falastin masalasi hamda “Eronning arab davlatlari ichki ishlariga aralashuvi va undan xavfsizlikka bildirilayotgan tahdidlar” bo‘ladi.
5 mart kuni shahzoda Misrning kopt xristianlari bosh ibodatxonasi – Qohiradagi Avliyo Mark cherkoviga tashrif buyuradi. U, shuningdek, dunyodagi eng yirik islom universiteti – Al-Azharda, Misr parlamentida bo‘ladi hamda Misrda amalga oshirilayotgan bir qator yirik iqtisodiy loyihalarga safar uyushtiradi.
Misrning bir qator ommaviy axborot vositalari saudiyalik shahzoda Qohirada 7 mart kuni Arab davlatlari ligasiga a'zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari bilan liganing 149-yig‘ilishida Ar-Riyodda mart oyining 2-yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 29-sammitga tayyorgarlik maqsadida uchrashuvlar o‘tkazmoqchiligini ma'lum qilishgandi.
Muhammad bin Salmon 1985 yil 31 avgustda tug‘ilgan. U qirol Salmonning 3-rafiqasi Fahda bint Falah ibn Sulton al Hitlayondan farzandi hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026