Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni tarixida ilk marta ayollar marafoni o‘tkazildi
Saudiya Arabistoni tarixida birinchi marta ayollar marafoni o‘tkazildi. Arabian Business shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ishtirokchi ayollarning aksariyati an'anaviy islomiy libosda bo‘lishgan. Mazkur marafonni o‘tkazishdan maqsad - Saudiya Arabistonida yugurish sport turi va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish.
Shuningdek ma'lum qilinishicha, fevral oyida mamlakatning ba'zi fuqarolari ayollar marafoni yo‘qligi munosabati bilan norozilik namoyishi o‘tkazgani uchun ham hukumat shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgan.
Ayollar marafoni Al-Asxa dahasida bo‘lib o‘tdi. Keyingi ayollar marafonini 2018 yilning 6 aprelida Makkada tashkil qilish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026