Jahon | 21:42 / 05.03.2018
9089
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya armiyasi Afrinning yarmini nazorat qilmoqda

Foto: REUTERS / Khalil Ashawi

Turkiya armiyasi Suriyaning Afrin shahridagi yarim hududni nazorat qilmoqda. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bakir Bo‘zdag ma'lum qildi. Turkiya qurolli kuchlari bu yerda kurd qurollangan tuzilmalariga qarshi harbiy amaliyot olib bormoqda.  

“Turkiya qurolli kuchlari Afrinning yarmini nazorat qilmoqda. Amaliyot boshidan 2795 terrorchi yo‘q qilingan, ulardan 142 ta obekt, jumladan 112 ta aholi punkti va 30 ta strategik tepalik tozalangan”, deb ma'lum qilgan Bo‘zdag jurnalistlarga.

Turkiya armiyasi amaliyotni 20 yanvardan beri olib bormoqda. 

Mavzuga oid