20:46 / 05.03.2018
49436

O‘zbekistonda dizel narxi oshdi

Foto: UzReport.uz

O‘zbekistonda 2018 yil 1 mart kunidan boshlab dizel yoqilg‘isining narxi o‘rtacha 12 foizga oshdi. Bu haqda Hukumatning 28 fevraldagi ​qishloq xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini keng joriy etish to‘g‘risidagi​ qarorida shunday deyiladi.

Ma'lum qilinishicha, 1 martdan boshlab 1 litr dizel yoqilg‘isi 4 ming 600 so‘m (12,1 foizga oshgan), EKO dizel yoqilg‘isining 1 litr uchun narxi esa 4 ming 700 so‘m etib belgilandi. (11,9 foizga oshgan)

Hujjatda aytilishicha, yuqorida belgilangan narx bo‘yicha dizel yoqilg‘isini sotish to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ham avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalariga dizel yoqilg‘i barcha soliqlar bilan belgilangan yagona narx bo‘yicha yetkazib beriladi.​

Top