Jahon | 10:23 / 05.03.2018
7543
1 daqiqa o‘qiladi

Video: yapon blogeri spagettidan pichoq yasadi

Yaponiyalik videobloger spagettidan pichoq yasab, so‘ngra uni pishirib yedi. Youtube videoxostingiga qo‘yilgan rolik muallifi spagettini un holatiga keltirib, so‘ngra yana xamir qordi va uni mikroto‘lqinli pechkada pishirdi. Pishirish chog‘ida xamir qanday qilib bunchalik pishiq bo‘lganiga izoh berilmagan. 

Bloger videorolikning katta qismida pichoqlarning o‘tkirligi va pishiqligini namoyish etish uchun ularni charxlaydi. Ular yordamida pomidorni kesib, suv idishi va karton qutini teshib ko‘rsatdi. Alaloqibat, yaponiyalik pichoqlarni idishda qaynatib, pishloqli qayla bilan paqqos tushirdi. 


Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid