Milliy antidoping agentligiga bosh direktor tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 martdagi qarori bilan Milliy antidoping agentligining bosh direktori tayinlandi.
Qaror bilan Nodirjon Botirovich Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligiga bosh direktor etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni prezident «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Agentlikka doping orqali sportchilarga yetkaziladigan zarar, inson sog‘lig‘i uchun doping qabul qilishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida sport jamoatchiligini xabardor etish, Butunjahon antidoping agentligining dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish zarurligi belgilangan.
Mavzuga oid
09:50 / 04.10.2024
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
11:43 / 23.05.2024
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi
16:27 / 09.11.2023
Strategik islohotlar agentligining qo‘shimcha vazifalari belgilandi
18:26 / 02.06.2023