Farmonga köra, Vazirlar Mahkamasi huzurida Yengil sanoatni rivojlantiriş agentligi taşkil etiladi.

Agentlik töqimaçilik, çarm-poyabzal, ipakçilik va gilamçilik sanoati sohalarida ustuvor yönalişlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş böyiça vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik qoşida Yengil sanoatni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etiladi. 

Agentlik tomonidan yengil sanoat sohasidagi korxonalarga 2025 yil 1 oktyabrdan quyidagi moliyaviy qöllab-quvvatlaş çoralari qöllaniladi:

🔹 xalqaro brendlarni jalb qiliş, standartlaştiriş va sertifikatlaşning xalqaro tizimlarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etiş;
🔹 eksport şartnomalari böyiça suğurtalaşni moliyalaştiriş xarajatlarini qoplaş hamda mutaxassislarni öqitiş uçun grantlar ajratiş;
🔹 xorijiy davlatlarda savdo uylarini oçiş va saqlaş, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga oliş, reklama kampaniyalarini taşkil etiş bilan boğliq çet eldagi xarajatlarining bir qismini qoplaş.