Trampda Suriya armiyasiga zarbalar berish rejasi bor – OAV
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati Suriya hukumatiga nisbatan yangi harbiy choralar variantini ko‘rib chiqyapti. Bu ushbu mamlakatda kimyoviy qurol qo‘llangan bo‘lishi mumkin ekani haqidagi xabarlar tufayli yuz berdi, deb yozmoqda The Washington Post manbalarga asosan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp o‘tgan haftada prezident apparati rahbari Jon Kelli, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster hamda Pentagon rahbari Jyeyms Mettis bilan ehtimoliy xatti-harakatlarni muhokama qilgan.
Ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti «Suriya yetakchisi Bashar Asad hukumatini xlorin qo‘llangan holda hujumlar ro‘y bergani haqida xabarlar paydo bo‘lgani tufayli jazolash» variantlarini ko‘rib chiqqan.
Shu bilan birga, Tramp yig‘ilish davomida «aniq harbiy harakatlar bo‘yicha bir qarorga kelmadi», shuning uchun uchrashuv qatnashchilari «vaziyatni kuzatib borishga qaror qilishgan».
Mavzuga oid
11:30 / 01.10.2024
BMT: 100 000 kishi Livandan Suriyaga qochdi
16:11 / 09.09.2024
Suriyada Isroil zarbasi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
12:52 / 10.08.2024