Jahon | 08:26 / 07.03.2018
26512
1 daqiqa o‘qiladi

Sobchak va Jirinovskiy yana janjallashib ketdi

Foto: «Rossiya 1» telekanali

Rossiya prezidentligiga nomzodlar Kseniya Sobchak va Vladimir Jirinovskiy «Rossiya 1» telekanalida o‘tkazilgan debatlarda yana janjallashib ketdi.

Xususan, Jirinovskiy Sobchakni «hech narsani boshqarmagan, ko‘chadan kelgan qizcha» deb atagan.

«Brejnev paytida sizni ruhiy kasallar shifoxonasiga olib kirib qo‘yishgan bo‘lardi», - deya aytib o‘tdi RLDP yetakchisi Sobchakka murojaat qilib.

Sobchak bundan g‘azablandi va Jirinovskiy «25 yildan beri masxarabozlik bilan shug‘ullanayotganini» ma'lum qildi.

«Siz odamlarga har doim qo‘rs munosabatda bo‘lasiz», - deya xulosa qilgan Sobchak.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 fevral kuni Rossiya prezidenti lavozimiga nomzod Kseniya Sobchak “Rossiya 1” telekanalidagi saylovoldi debatlari vaqtida Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiyga stakanidagi suvni sepib yuborgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid