Rossiya prezidenti lavozimiga nomzod Kseniya Sobçak “Rossiya 1” telekanalidagi saylovoldi debatlari vaqtida Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakçisi Vladimir Jirinovskiyga stakanidagi suvni sepib yubordi.
Siyosatçilar örtasidagi mojaro boşqa bir nomzod – Sergey Baburin çiqişi vaqtida yuz berdi. Jirinovskiy Baburinga ajratilgan vaqtda uning çiqişiga aralaşgan. Sobçak Jirinovskiyni tinçlanişga çaqirgan, biroq Jirinovskiy bunga javoban Sobçakni “ahmoq” deb atagan.
“Köçadan bu yerga bozorçi qizlarni olib keliş kerakmas. Barça illat şu. “Uy-2” – u yerda buzuqçilik. Ovozini öçirsin”, deb aytgan Jirinovskiy.
“Uy-2” iştirokçilari özlarini sizdan odobliroq tutişadi”, deb javob qilgan Sobçak.
Şunda Jirinovskiy Sobçakni haqorat qilişda davom etgan va Sobçak oxiri çidolmay stakanidagi suvni yonidagi Jirinovskiyga sepib yuborgan.
Şundan keyin Jirinovskiy “Ana kördingizmi, ahmoqni. Olib çiqib ketlaring uni bu yerdan”, deb battar jazavaga tuşgan.
“Özingizni odobliroq tuting. Men faqatgina sizning usulingizdan foydalandim”, deb javob qilgan Sobçak.
28 fevraldagi debatlar Rossiyaning mudofaa qobiliyati va armiyasiga bağişlangandi. Unda 8 kişi: Sergey Baburin, Pavel Grudinin, Vladimir Jirinovskiy, Kseniya Sobçak, Maksim Suraykin, Boris Titov, Grigoriy Yavlinskiy iştirok etgan.
Rossiyada navbatdagi prezident saylovlari 18 mart kuni bölib ötadi.













