Toshkentda ichki ishlar xodimiga tan jarohati yetkazishdi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 5 mart kuni soat 23.15larda Sputnik 16-daha 7-uy 57-xonada yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan I.K. va Sputnik 2-daha 8 uy 39 xonada yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan S.Sh. Yo‘ldosh 2-daha hududida joylashgan “Kim-chi” kafesi oldida shu hududda xizmat olib borayotgan Sergeli tuman IIB profilaktika inspektori, katta leytenant X.Mirzaqulovning qonuniy talablariga bo‘ysunmay qarshilik ko‘rsatib tan jarohati yetkazganlar.
Natijada katta leytenant X.Mirzaqulovga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. I.K. va S.Sh. qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024