Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dushanbeda O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi ochildi
9 martning ikkinchi yarmida Dushanbedagi “Manej” sport majmuasida O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmaning rasmiy qismi O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmonning qizil tasmani qirqishlaridan boshlangan.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning 100 dan ortiq kompaniyalarining mahsulotlari taqdim qilingan. Jumladan, 60 dan ko‘proq turdagi texnika, qurilish mollari, elektrotexnika, farmatsevtika, yengil va oziq-ovqat sanoati tovarlari, mebel jihozlari namoyish qilinmoqda.
Ikki davlat yetakchilari ko‘rgazma ishtirokchilariga qo‘shma korxonalar yaratish, o‘zaro tovar aylanmasini oshirish maqsadida ikki davlat o‘rtasida mahsulotlar eksporti va importi bo‘yicha maslahatlar berishgan.
Shu yerning o‘zida Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon “G‘alaba-Amuzang” xalqaro temir yo‘l peregoni faoliyatiga ramziy tugmani bosish bilan start berishdi. Bu temir yo‘l O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatini Tojikistonning Xatlon viloyati bilan bog‘laydi.
Mavzuga oid
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi
15:37 / 25.03.2026