Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyasining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Oliy darajadagi O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuvi arafasida 2018 yil 6-8 mart kunlari Dushanbe shahrida Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi qo‘shma majlisining 2018 yil 24 fevralda Farg‘ona shahrida imzolangan Bayonnomasi ijrosi doirasida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi Shartnoma loyihasiga kerakli ilova tayyorlandi va rasmiylashtirildi. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘lajak davlat tashrifi chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, muzokaralar konstruktiv muhitda, do‘stlik va o‘zaro tushunish ruhida o‘tgan.
Uchrashuv yakunida Bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
22:55 / 12.10.2024
Tojikiston Ombudsamni migrantlar huquqlari buzilayotgani sababli Rossiya rasmiylariga murojaat qildi
13:50 / 12.10.2024
YeI avtomatlashtirilgan chegara tizimini ishga tushirishni kechiktirdi
12:00 / 11.10.2024
Tanzila Norboyeva Imomali Rahmon bilan uchrashdi
21:27 / 09.10.2024