Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9 mart kuni davlat tashrifi bilan Tojikistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Oliy darajadagi muzokarada ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘zaro tashriflarini osonlashtirish masalalari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.
Muzokara yakunlari bo‘yicha prezidentlarning Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnoma, Fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan jami 25 dan ortiq hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, tashrif doirasida o‘tkaziladigan biznes-forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasida tijoriy shartnomalar va iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi kooperatsiyaga oid bitimlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Ikki mamlakat san'at ustalari ishtirokida konsert tashkil etilishi ham mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
22:55 / 12.10.2024
Tojikiston Ombudsamni migrantlar huquqlari buzilayotgani sababli Rossiya rasmiylariga murojaat qildi
12:00 / 11.10.2024
Tanzila Norboyeva Imomali Rahmon bilan uchrashdi
18:54 / 09.10.2024
Imomali Rahmon MDH faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi
21:15 / 08.10.2024