Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Prezident Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9 mart kuni davlat taşrifi bilan Tojikistonga jönab ketdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Oliy darajadagi muzokarada ikki mamlakat örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi va hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş, fuqarolarning özaro taşriflarini osonlaştiriş masalalari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almaşiladi. 

Muzokara yakunlari böyiça prezidentlarning Qöşma bayonoti, Özbekiston – Tojikiston davlat çegarasining alohida uçastkalari töğrisida şartnoma, Fuqarolarning özaro qatnovi töğrisidagi bitim, şuningdek, turli sohalarda hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaşga qaratilgan jami 25 dan ortiq hujjat imzolanişi rejalaştirilgan. 

Bundan taşqari, taşrif doirasida ötkaziladigan biznes-forum va Özbekiston milliy sanoat körgazmasida tijoriy şartnomalar va iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi kooperatsiyaga oid bitimlar imzolanişi közda tutilgan. Ikki mamlakat san'at ustalari iştirokida konsert taşkil etilişi ham möljallangan.