Fan-texnika | 19:04 / 09.03.2018
13492
5 daqiqa o‘qiladi

Jyeneva avtosalonidagi top-5 sportkar

Jyeneva avtosaloni yangiliklari orasida juda noyob modellar bor, taqdim etilgan mashinalardan kamida uchtasi dunyodagi eng tez seriyali avto nomiga da'vogarlik qilishi mumkin. Quyida 2018 yilgi Jyeneva avtosalonining eng yorqin sportkarlari haqida ma'lumot beriladi. Ushbu beshta mashinaning barchasi turli mamlakatlardan.

Mercedes-AMG GT 4-Door Coupe

Ikkinchi avloddagi Porsche Panamera’ga biroz qiyin bo‘lishi mumkin, sababi bozorga besh eshikli Mercedes-AMG GT gran-turizmo versiyasi chiqmoqda. Albatta, biroz shoshilmasdan chiqmoqda – seriyali nusxalar buyurtmachilarga 2019 yilning birinchi choragidan so‘ng yetib keladi. 

Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru

AMG GT uchun uchta kuch qurilmasi tayyorlandi. Birinchisi, AMG GT 53, 3 litrli 429 kuch quvvatga ega «oltitalik», shuningdek, starter-generator va kerakli tezlikka chiqishda yordamchi rolini o‘ynovchi EQ Boost elektrmotoridan iborat «yengil gibriddir». Ikkinchisi, AMG GT 63, 4 litrlik, 577 ot kuchilik V8’ga ega. Eng tepada esa AMG GT 63 S versiyasi joylashgan, u 639 ot kuchiga ega hamda turgan joyidan «yuzga» 3,2 soniyada chiqadi – 680 kuchli Panamera Turbo S E-Hybrid’dan ham tezroq!

Toyota GR Supra Racing Concept

U baribir qaytmoqda! Need For Speed/Fast and Furious ishqiboziga yaxshi tanish nom yana avtomobil ufqida ko‘rinmoqda. Hozircha faqat kontsept-kar ko‘rinishida, biroq shuning o‘zi ham kimlargadir yetadi. Aftidan, seriyalik «Supra» premerasiga ozgina qoldi va 16 yillik kutish o‘z natijasini beradi.

Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru

Jyeneva avtosaloni uchun tayyorlangan kontsept-kar Toyota Gazoo Racing sport bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Loyihalashtirishda barcha kuch mashina minimal og‘irligiga erishish uchun tashlandi: kuzovning barcha panellari kompozit materiallardan tayyorlangan, derazalar esa – plastikdan. Xuddi haqiqiy poyga avtomobiliga xos bo‘lganidek, BBS g‘ildirak disklari yagona markaziy gaykaga birlashtiriladi. Salonda kuchli xavfsizlik karkasi, poyga o‘rindiqlari va o‘t o‘chirish tizimi o‘rnatilgan.

Ferrari 488 Pista

Xardkor superkarlar ishqibozlari vanihoyat o‘z maqsadlariga yetdilar: Ferrari Porsche 911 GT2 RS va Lamborghini Huracan Performante raqobatchisini taqdim etdi. Yangi 488 Pista turbirlangan dvigatellarga ega avtomobillar uchun yangi, kutilmagan standartlarni o‘rnatadi: daqiqasiga 8 ming aylanmada 720 ot kuchi, ish hajmidan 3,9 litr olinadi! Oddiy yo‘llarga mo‘ljallangan Ferrari’da o‘rnatilgan eng kuchli V8 dvigateli.

Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru

90 kilogrammga yengillashgan kupe ham rekord o‘rnatishga yaqin: to‘xtab turgan joydan «yuzga» chiqish uchun 2,85 soniya kerak, joyidan «ikki yuzga» - 7,6 soniyada, maksimal tezlik soatiga 340 kilometrga yetadi.

McLaren Senna GTR

Jyenevada McLaren Senna ultimativ superkarini ko‘rsatishlari haqida anchadan beri ma'lum edi, biroq hech kim britaniyaliklar uning yanada kuchli versiyasi – GTR’ni olib kelishi mumkin ekanini xayoliga ham keltirmagani aniq. Britaniyaliklar 75ta shunday mashinani ishlab chiqarishadi, ularga umumiy foydalanishdagi yo‘llarga chiqish taqiqlangan.

Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru

Modelning aniq texnik jihatlari hozircha aytilmadi, biroq GTR quvvati 825 ot kuchidan ko‘p ekani ma'lum. Unga qayta jihozlangan yoritish tizimi, poygalarga mo‘ljallangan uzatish qutisi, Pirelli sliklari o‘rnatiladi. Albatta, ajoyib splitter, keng chiziqlr va g‘aroyib diffuzorga ega yangi aerodinamik to‘plam ham bo‘ladi. 

Rimac C_Two

Haydovchi ishtirokisiz yurishi mumkin bo‘lgan giperkar. 2020 yilda 150ta shunday mashina butun dunyo bo‘ylab shaharlar ko‘chalariga chiqadi. Xorvatiya elektromobili «giperkar» nomiga aniq loyiq – umumiy quvvati 1914 ot kuchiga ega to‘rtta elektrmotor bilan jihozlangan, «yuzga» ikki soniyadan kamroq vaqtda chiqa oladigan va maksimal tezligi soatiga 412 kilometr bo‘lgan kupeni yana qanday atash mumkin?

Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru

Shu bilan birga, C Two’da jiddiy yurish zaxirasi bor – 650 kilometr. Avtonomlikning to‘rtinchi bosqichidagi avtopilotdan tashqari, Rimac «virtual murabbiy»ga ega, u ba'zi avtodromlarda to‘g‘ri tezlik, trayektoriya va burilishda rulga oid maslahatlar beradi. 

Mavzuga oid