Rossiya va AQŞ vakillari yadroviy qurollarni nazorat qiliş böyiça ehtimoliy şartnomani muhokama etiş uçun duşanba, 23 fevral kuni Jyenevada uçraşuv ötkazdi. Seşanba kuni Amerika delegatsiyasi va Xitoy vakillari örtasida ham şunga öxşaş muzokaralar rejalaştirilgan. Bu haqda Reuters va AFP agentliklari AQŞ Davlat departamentining yuqori lavozimli xodimiga tayanib xabar bermoqda.
AQŞ bir vaqtning özida uç davlat iştirokida “keng qamrovli şartnoma” tuzilişini talab qilmoqda. Bu hujjat böyiça muzokaralar 5 fevral kuni muddati tugagan Strategik hujum qurollarini qisqartiriş şartnomasi (ŞQ-3) amal qilişdan çiqqaç boşlangan. ŞQ-3 AQŞ va Rossiya tomonidan 2010 yilda imzolangan edi.
Ikkala agentlik manbalari, şuningdek, AQŞ tomoni fevral oyida Buyuk Britaniya va Fransiya bilan ham şunga öxşaş ikki tomonlama muzokaralar ötkazganini körsatadi. Bu davlatlar faqat yadroviy arsenalga ega bölibgina qolmay, Rossiya, AQŞ va Xitoy bilan birga BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zolari ham hisoblanadi. Agentliklar suhbatdoşiga köra, muzokaralar “yaxşi” ötgan, AQŞ tomonida kayfiyat optimistik.
Yadroviy qurollar ustidan nazoratni muhokama qilişda Buyuk Britaniya va Fransiya ham qatnaşişi kerakligini 6 fevral kuni — ŞQ-3 şartnomasi muddati tugaganidan keyingi kuni — Rossiyaning Jyenevadagi BMT bölimi va boşqa xalqaro taşkilotlar huzuridagi doimiy vakili Gennadiy Gatilov aytgan.
«Agar gap çindan ham yadroviy qurollar ustidan nazorat böyiça köp tomonlama muloqot, ayniqsa yadroviy qurollarni köp tomonlama qisqartiriş haqida ketsa, Rossiya uçun NATO doirasida AQŞning harbiy ittifoqçilari hisoblangan Buyuk Britaniya va Fransiyani bunday hamkorlikka jalb qiliş prinsipial ahamiyat kasb etadi», — degan u. U Jyenevada 19 yanvardan 27 martgaça ötayotgan Qurolsizlaniş konferensiyasida nutq sözlagan.
AFP qayd etişiça, fevral oyi boşlarida AQŞ Vaşingtonda Rossiya va Xitoy bilan “tayyorlov uçraşuvlari” ötkazgan. Agentlik yozişiça, Jyenevadagi muzokaralar ularga nisbatan “biroz mazmunliroq” bölgan. Şu bilan birga, Xitoyning qurolsizlaniş masalalari böyiça elçisi Şen Tszyan avvalroq öz mamlakati hozirça Rossiya va AQŞ bilan muzokaralarda iştirok etmasligini aytgan. U Pekindagi yadroviy qurollar zaxirasi Moskva va Vaşingtondagidan ança kam ekanini ta’kidlagan.
Şu orada, 21 fevral kuni CNN amerikalik manbalarga tayanib, AQŞ hukumati Xitoyni yadroviy qurolning yangi avlodini işlab çiqişda va 2020 yil iyun oyida kamida bitta maxfiy yadroviy sinov ötkazgan bölişi mumkinligida şubha qilayotganini xabar qildi. OAV ma’lumotlariga köra, gap bir neçta mayda yadroviy jangovar qismlarni olib yura oladigan raketa tizimlarini yaratiş, şuningdek, kam quvvatli taktik yadroviy qurolni işlab çiqiş haqida ketmoqda.








