Zuhra Tojiyeva 27 fevral kuni Toşkent şahri Navoiy 35 manzilida joylaşgan BYD Megawatt avtosalonidan BYD Seal 6 maşinasini sotib olgan. 30 foiz boşlanğiç tölov (96 mln söm), 16 mln söm suğurtaga tölagan.
“1 apreldan maşinaga kredit çiqyapti, uni oyma-oy tölaşim kerak. Maşina 2 mart kuni buzilib qoldi, keyin uni BYD servis markaziga olib bordim, tuzatib berişdi. 3-4 kundan keyin yana buzildi, yana bordim, tuzatişdi, olib keldim. 8 mart kuni maşina 3-marta, toğga ketayotganimda yölda buzilib qoldi. “1 daqiqada maşinadan tuşing. Blok böladi”, degan yozuv çiqdi.
Avtosalonga qayta-qayta bordim, iltimos maşinamni almaştirib beringlar, deb söradim. Lekin ular almaştirib berişga rozi bölmadi, özini tuzatib beramiz deyişdi. Servisdagi ustalar “özimiz ham tuşunmayapmiz, bu maşinaga nima bölganini”, deyapti. 4 kundan beri na maşinam ularda. Maşinaga nomer oliş kerak 10 kun içida, maşina ustada yotibdi. Xullas, ham vaqtim, ham pulim ketyapti, erta-indin hal qilib beramiz deb çözib yurişibdi. Bizda sotuvda maşinaning “zapçast”i yöq, Xitoydan keladi deb yurişibdi. “Biz siz bilan kelişuvda faqat maşinani tuzatib berişga gaplaşganmiz, heç qanaqa maşina almaştirib bermaymiz”, deyişyapti. Menga bu model kerak emas, olmayman buni, dedim. Men şu maşina sabab 11 mln söm xarajatga qolib ketdim, 10 kun işga bora olmadim, bolalarim kasal böldi. Maşina buzilib qolganda evakuatorga 1 mlnga yaqin pul töladim. Agar kompaniya zararni qoplab bersa, boşqa qimmatroq model uçun ustiga pul tölaşga tayyorman”, – deydi murojaatçi.
Kun.uz holatni aniqlaştiriş uçun Zuhra Tojiyevaga maşina sotgan avtosalon menejeri Nodir Tuliyev bilan boğlandi.
“Xaridorga maşinani men sotganman, şu modelga uni özim qiziqtirganman. Özlari xohlab şu maşinani olganlar. Uni test qilganimizda heç qanaqa defekt çiqmagan. Şu sababli bemalol sotaverganman. Bu masala deyarli hal bölib böldi: xaridorga maşinani almaştirib beramiz, bank bilan kelişuv olib boryapman. Özlari xohlaydigan modelga almaştirib beramiz”, – dedi u.
Avtosalon menejeri xaridorga kompensatsiya tölaş masalasiga aniqlik kirita olmasligini ma’lum qildi. “Buni yuridik bölim hal qiladi”, – dedi u.
Kompaniyaning mijozlar xizmati bölimi rahbari Anna Bryuzginaning qöşimça qilişiça uşbu avtomobil holatida jiddiy kamçiliklar aniqlanmagani hozirça tasdiqlanmagan.
5 mart kuni mijozning şikoyati qabul qilingan va kafolat holati sifatida röyxatga olingan. 6 mart kuni esa kafolat doirasida ventilyator almaştirilgan.









