O‘zbekiston | 13:05 / 10.03.2018
29475
1 daqiqa o‘qiladi

Avtomobil ishlab chiqarish 42 foizga oshdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ortdi, deya xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

2018 yilning yanvar-fevral oylarida sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 20,8 trln so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 73,6%ni tashkil etdi. 

O‘z navbatida, sanoatning mazkur tarmog‘ida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 51,5%ga oshgan.

Yengil avtomobillar (ixtisoslashtirilganlarsiz) – 42,6%ga, avtomobil benzini - 17,2%ga, paxta tolasi – 1,0%ga ko‘paygan. 2017 yilning shu davrida 17 315 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yil yanvar-fevralda – 24 695 dona.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, yuk avtomobillari, avtobuslar, portlandsement, dizel yoqilg‘isi, o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasaygan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid