Misr sudi 10 kishini terrorchilik uchun o‘lim jazosiga mahkum qildi
Giza jinoyat sudi Misrning 10 fuqarosini o‘lim, yana 5 nafarini umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Misrning MeNA axborot agentligi xabar berdi.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, gap Misrda taqiqlangan “Musulmon birodarlar” tashkiloti a'zolari haqida ketmoqda. Ular 2013 yil iyunda mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy prezident lavozimidan chetlatilgandan keyin qurolli qarshilik tashkillashtirishgan.
Jumladan, sudlanuvchilar terrorchilik bo‘limi tashkil etishgan, uning vazifasiga Giza viloyatida tashkil etiladigan ommaviy tadbirlarni qo‘riqlash kirgan. “Ular patrullar hamda armiya va politsiya punktlariga hujum qilishgan, portlovchi bombalar qo‘yishgan, Imbab tumani jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i, politsiya xodimlari va zobitlarni o‘ldirishgan, ular ortidan kuzatuv olib borishgan”, deb aytilgan xabarda.
Barcha sudlanuvchilar Qohira va Gizadagi norozilik tadbirlarida ishtirok etishgan. Ularga “o‘qotar qurolga, jumladan avtomatlarga noqonuniy egalik qilish, portlovchi moddalar saqlash va tayyorlash” ayblovi qo‘yilgan.
O‘lim jazosiga mahkum qilinganlardan ikki nafari sirtdan jazolangan.
Mavzuga oid
13:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
23:44 / 09.09.2024
Misrlik arxeolog Germaniyadan Nefertiti byustini qaytarishni talab qilmoqda
17:58 / 07.09.2024