Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Shukurjon Zuhurovni qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi parlamentining Majlisi namoyandagon palatasi raisi Shukurjon Zuhurovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi o‘zaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha yakdil kelishuvlarga erishilgani qayd etildi. Ayniqsa, davlat chegarasi bo‘yicha shartnoma va fuqarolarning o‘zaro qatnoviga qulaylik yaratishga oid bitim mamlakatlarimiz munosabatlari, xalqlarimizning do‘stona aloqalariga zamin bo‘lishi alohida ta'kidlandi. Avtomobil va temir yo‘llarning ochilgani, Ishbilarmonlar kengashi tuzilgani ham bu borada muhim o‘rin tutadi.
Oliy darajada imzolangan hujjatlarni ratifikatsiya qilish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Qonun chiqaruvchi organlardagi do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish, o‘zaro tashriflar va tajriba almashinuvni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
07:46 / 23.08.2025