Prezident Şavkat Mirziyoyev Duşanbe şahrida Tojikiston Respublikasi parlamentining Majlisi namoyandagon palatasi raisi Şukurjon Zuhurovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uçraşuvda Özbekiston prezidentining Tojikistonga davlat taşrifi özaro munosabatlar tarixida yangi sahifa oçgani, tomonlarni qiziqtirgan barça masalalar böyiça yakdil kelişuvlarga erişilgani qayd etildi. Ayniqsa, davlat çegarasi böyiça şartnoma va fuqarolarning özaro qatnoviga qulaylik yaratişga oid bitim mamlakatlarimiz munosabatlari, xalqlarimizning döstona aloqalariga zamin bölişi alohida ta'kidlandi. Avtomobil va temir yöllarning oçilgani, Işbilarmonlar kengaşi tuzilgani ham bu borada muhim örin tutadi.
Oliy darajada imzolangan hujjatlarni ratifikatsiya qiliş, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlaş masalalariga töxtalib ötildi. Qonun çiqaruvçi organlardagi döstlik guruhlari işini faollaştiriş, özaro taşriflar va tajriba almaşinuvni köpaytiriş zarurligi qayd etildi.

















