Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonlik ayollar imkoniyatlari Ostonada muhokama qilinadigan bo‘ldi
2018 yilning kuz oylarida Ostonada "Afg‘onistondagi ayollar imkoniyatlarini kengaytirish" xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil - maxsus topshiriqlar elchisi Stanislav Vasilenko rahbarligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi BMT Xavfsizlik Kengashi (XK)ning Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishida ishtirok etgan.
"Anjuman davomida Xavfsizlik Kengashi a'zolari bu mamlakatdagi vaziyatni baholovchi hamda BMTning Afg‘onistondagi missiyasi mandatini navbatdagi yillik muddatga uzaytirgan 2405-rezolyutsiyani bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdi".
Mazkur tadbir mamlakatdagi siyosiy hodisalarni muhokama qilish uchun BMT XK rezolyutsiyalarining tegishli qoidalari ijrosi zarurati yuzasidan har chorakda o‘tkaziladi. Ushbu yig‘ilishda asosiy e'tibor tinchlik qaror topishini ta'minlashda ayollar ishtiroki muhimligiga qaratildi.
Vasilenko o‘z chiqishida Afg‘oniston duch kelayotgan siyosiy va iqtisodiy muammolar, shuningdek xavfsizlikka tahdidlar mintaqa mamlakatlari, xalqaro hamjamiyat va ayniqsa, Xavfsizlik Kengashi tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlashga muhtojligini qayd etdi. Ayollar yoshlar bilan bir qatorda nizolarni bartaraf etishda markaziy o‘rin egallashi ta'kidlandi.
"Shu munosabat bilan 2018 yilning kuzida Qozog‘iston Ostonada "Afg‘onistonlik ayollar imkoniyatlarini kengaytirish" xalqaro konferensiyasini tashkillashtirishni rejalashtirmoqda", - deyiladi manbada.
Shuningdek Vasilenko yig‘ilish davomida Qozog‘iston afg‘onistonlik fuqarolar ta'lim dasturini davom ettirish tashabbusi bilan chiqdi, dastur Yevropa Ittifoqi va boshqa hamkorlar tomonidan moliyalashtiriladi. Taxminan 50 million dollarlik Qozog‘iston ta'lim dasturi doirasida 2010-2021 yillarda mamlakat oliy ta'lim muassasalarida Afg‘onistonning 1000 ga yaqin fuqarosi ta'lim oladi.
Mavzuga oid
13:47
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026