Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar koinot muziga ega noyob olmosni topishdi
Foto: GettyImages
AQShning Nevada universiteti tadqiqotchilari ichida muz-VII kabi ma'lum bo‘lgan, o‘ta zich muz shakli saqlanib qolgan noyob olmosni topishdi. Bu haqda Science nashrida chop etilgan maqolada so‘zlangan.
Bunday muz shakli odatda sayyoramizdan tashqarida vujudga keladi. Bu modda molekulalari oddiy muznikidan (muz-I) farq qiladi, ular kubik molekulyar shaklga ega. Yerda bunday strukturalar laboratoriya sharoitlaridagina olinadi.
Olimlar olmosni Yer mantiyasidan olingan namunalar orasida aniqlashgan. Ular olmosni tahlil qilish uchun rentgen nuri bilan nurlantirishganda, ular oldida haqiqiy muz-VII turganini aniqlashgan. Bu hodisa Yerdagi tabiiy sharoitlarda ilk bor qayd qilindi.
Mavzuga oid
16:51 / 04.04.2025
Rossiya tarixidagi eng katta olmos - «Yangi Quyosh» sayqallandi
18:30 / 26.12.2024
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
16:58 / 11.11.2024
Dunyoda brilliantlar narxi arzonlashmoqda
10:50 / 21.10.2024