Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diniy ta'lim muassasalari qabul imtihonlariga o‘zgartirish kiritildi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘z tasarrufidagi diniy ta'lim muassasalarining qabul imtihonlarini yanada takomillashtirish, sinovlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta'minlash maqsadida 2018-2019 o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan qabul imtihonlariga o‘zgartirishlar kiritilganini e'lon qildi, deb xabar bermoqda O‘MI Matbuot xizmati.
O‘rta maxsus islom bilim yurtlari uchun:
- Ma'naviyat va ma'rifat (og‘zaki, ijodiy imtihon) 75,6 ball
- Xorijiy til (test sinovi) 111,6 ball
- Tarix (test sinovi) 39,6 ball
O‘rta maxsus islom bilim yurtlariga umumiy o‘rta ta'lim ma'lumoti to‘g‘risidagi shahodatnoma (11-sinf), akademik litsey yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejini tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjatga (diplom) ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasi uchun:
- Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 75,6 ball
- Fiqh va aqoid (test sinovi) 111,6 ball
- O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 39,6 ball
Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga o‘rta maxsus islom bilim yurtlarini tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjatga (diplom) ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
O‘MI Ta'lim va kadrlar tayyorlash bo‘limidan ma'lum qilinishicha, abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish va qabul imtihoni o‘tkazish muddatlari qo‘shimcha e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
18:52 / 15.11.2025
"Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" o‘tkaziladi
17:56 / 31.10.2025
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qanday topshirish mumkin: tajriba, narxlar, tayyorgarlik va u nima uchun kerak?
12:42 / 16.09.2025
Bakalavrga testda imtihonsiz maksimal ball beriladigan sertifikatlar ro‘yxati yangilandi
18:11 / 15.09.2025