Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro islom savdo-moliyaviy korporatsiyasi O‘zbekistonga 100 million dollar ajratadi
Xalqaro Islom savdo-moliyaviy korporatsiyasining bosh operatsion direktori N.Nurdali rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi davomida Respublika Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida bo‘ldi. U yerda O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro Islom savdo-moliyaviy korporatsiyasi o‘rtasida Hadli kelishuv imzolandi. Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Hadli kelishuvda Xalqaro islom savdo-moliyaviy korporatsiyasi tomonidan O‘zbekiston rezidentlariga ikki yil davomida eksport oldi moliyalashtirish, asosiy xomashyo va boshqa tovarlar importini moliyalashtirishga qisqa muddatli kreditlar ko‘rinishida 100 million dollar summasidagi moliyaviy resurs (yiliga 50 million dollardan) o‘tkazish ko‘zda tutiladi.
Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro islom savdo-moliyaviy korporatsiyasiga a’zo bo‘lishiga zamin yaratadi va bu borada muhim qadam hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: Xalqaro Islom savdo-moliyaviy korporatsiyasi (XISMK) Islom taraqqiyot bankining avtonom bo‘limi hisoblanadi. XISMK har yili o‘z ishtirokchilariga 4-5 milliard dollar miqdorida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026