O‘zbekiston | 18:40 / 12.03.2018
11524
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston bilan GESlar qurilishi bo‘yicha maxsus komissiya tuziladi

Foto: UzDaily

Suv resurslaridan foydalanishda xalqaro me'yorlarga amal qilish talab etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev “O‘zbekiston24” telekanalidagi maxsus lavhada ma'lum qildi.

“Tojikiston bilan Amudaryo hamda Sirdaryo suvlaridan foydalanib kelmoqdamiz. Suv resurslaridan foydalanishda xalqaro me'yorlarga amal qilish talab etiladi. Bundan tashqari, tabiatning bu ne'matidan samarali foydalanish kerak. 9-10 mart kunlari ikki davlat tarixida muhim kun bo‘lib qoldi. Chunki suv va energetika resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, gidroelektr stansiyalari qurish bo‘yicha ham nufuzli komissiya tuzishga kelishib olindi. Bu qaror nafaqat ikki mamlakat, balki butun mintaqa iqtisodining rivojiga salmoqli hissa qo‘shadi. Rog‘un GESni olsak – suv ko‘p to‘plangan bo‘lsa, suv taqchil yillar shu taqchillikni yengishga imkoniyat yaratgan bo‘ladi. Suv biz bilan kelishgan holda, kerakli vaqtda va kerakli miqdorda chiqariladi. Yangi qurilayotgan gidroelektr stansiyasi mintaqaning energetikaga bo‘lgan talabini qondiradi”, - deya aytib o‘tdi Sh.Hamroyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Tojikistonga tashrif chog‘ida juda murakkab, nozik muammolar hal qilingani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid