Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston bilan vizasiz tartib hali amalga kirmadi. Vazirlik izoh berdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning kelib ketishlari to‘g‘risidagi bitimning qo‘llanishi yuzasidan izoh berdi.
«2018 yilning 9-10 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sh.M.Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga tashrifi doirasida fuqarolarning o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi. Unga ko‘ra ikki davlat fuqarolari 30 kungacha vizasiz o‘zaro safar qilishlari mumkin.
Ommaviy axborot vositalarida ushbu Bitimning amal qilishi boshlangani to‘g‘risida ma'lumot tarqalgani va davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlarida fuqarolar uchun noqulayliklar paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu Bitimning qo‘llanishi uchun tomonlarning ichki tartib-qoidalari (tasdiqlash / ratifikatsiya qilish) yakunlanishi kerakligini ma'lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston tomoni bilan birgalikda tegishli tartiblarni tezda joriy etish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi.
Shartnoma kuchga kirish sanasi qo‘shimcha ravishda e'lon qilinadi», deyilgan xabarnomada.
Mavzuga oid
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
17:19 / 20.05.2026
Tailand sayyohlar uchun vizasiz rejim qoidalarini kuchaytirmoqda
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025