Jahon | 00:35 / 14.03.2018
9995
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng katta olmoslardan biri 40 mln dollarga sotildi

Foto : Gem Diamonds

Belgiyaning Antverpen shahridagi savdolar vaqtida tarixdagi eng yirik olmoslardan biri – “Lesoto afsonasi” 40 mln dollarga sotildi. Bu haqda Gem Diamonds Ltd britan kompaniyasi ma'lum qildi.

Bu olmos joriy yanvarda Afrikaning Lesoto qirolligidagi Letseng konida topilgan. Qimmatbaho tosh D rangga ega va IIa turiga mansub, ya'ni bu olmos deyarli yot jismlarga ega bo‘lmagan shaffof olmosdir. Uning og‘irligi 910 karatni (182 gramm) tashkil qiladi. 

Letseng koni Gem Diamonds kompaniyasi va Lesoto hukumatining umumiy mulki bo‘lib, 2006 yilda bu yerda 603 karatli “Lesoto va'dasi” toshi topilgan va u yirikligi bo‘yicha tarixdagi 15-raqamli olmos hisoblanadi.

Antverpenda sotilgan olmos esa yirikligi bo‘yicha 5-raqamli olmos hisoblanadi.

2017 yil sentabrda Kanadada dunyodagi eng yirik olmos Lesedi La Rona sotilgandi. Ushbu olmosni Graff Diamonds kompaniyasi 53 mln dollarga sotib olgan.

Mavzuga oid