Jahon | 15:06 / 14.03.2018
10904
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml Rossiya Skripalning zaharlanishiga aloqador ekanini rad etdi

Foto: Gazeta.Ru

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Moskva GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal bilan ro‘y bergan voqeaga aloqador emas. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Moskvaning pozitsiyasi yaxshi ma'lum, Moskva pozitsiyasi diplomatik kanallar orqali Londonga yetkazildi, u Moskva Buyuk Britaniyada ro‘y bergan hodisaga hech qanday aloqaga ega emasligiga asoslangan», - deya ma'lum qildi Peskov.

Peskovning aytishicha, bu mavzu «Kreml masalasi emas», sababi Skripal Britaniya maxsus xizmatlaridan biriga ishlagan hamda Buyuk Britaniya hududida zaharlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyada rossiyalik siyosiy muhojirlar endi qo‘riqlanayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid