Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela qiymati 50 sentga teng bo‘lgan yangi kupyurani muomalaga kiritmoqda
Venesuela yangi, 100 ming bolivarlik hozircha eng yirik kupyurani muomalaga kiritmoqda, deb xabar berdi mamlakat Aloqa va axborotlashtirish vazirligi.
Yangi pul belgisi Janubiy Amerikaning ushbu davlatdagi o‘ta yuqori inflyatsiya hamda naqd hisob-kitoblar uchun pul massasining chuqur yetishmasligi fonida muomalaga kiritilmoqda. Shu bilan birga, 100 ming bolivar miqdoridagi yangi kupyurani “qora bozorda” atigi yarim AQSh dollari evaziga sotib olish mumkin.
Seshanba kuni Amerika valyutasining nolegal bozordagi kursi deyarli 217 ming bolivarni tashkil etdi, deb xabar qilmoqda Dolar Today portali. Ta'kidlab o‘tish joizki, fevral oxirida “petro” yangi kriptovalyutasi joriy etilganidan beri dollar kursi taxminan 6 foizga tushdi – 230 ming bolivardan 217 minggacha.
Mavzuga oid
08:55
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026
Venesueladagi zilzila: vayronalar ostidagilarni qutqarishga juda kam vaqt qolmoqda
00:11 / 28.06.2026
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
08:59 / 27.06.2026