Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yil uchun statistika hisoboti shakllariga o‘zgartirish kiritildi
Foto: Yahoo Finanza
Davlat statistika qo‘mitasining qarori bilan 2018 yil uchun statistika hisoboti shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil uchun davlat statistika hisobotlari shakllari Davlat statistika qo‘mitasining qarori (ro‘yxat raqami 2956, 19.12.2017 y.) bilan tasdiqlangan.
Hujjat bilan bitta hisobot shakli o‘zgartirildi va ikkita yangi shakl joriy qilindi. Shu tariqa, ularning umumiy soni 103dan 105ga yetdi.
3-sanoat (choraklik) shakli qayta nomlandi – ilgari «Tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish to‘g‘risida hisobot» deyilardi, endi esa «Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish to‘g‘risida hisobot» deb nomlandi.
Hisobot tarkibi o‘zgarmadi. Xuddi ilgarigidek, u 2 bo‘limdan iborat: mahsulot ishlab chiqarish va mahsulot sotish bo‘yicha ko‘rsatkichlar. Hisobotni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda ishtirok etadigan tashkilotlar chorakda bir marta topshiradilar.
Quyidagi hisobot shakllari joriy qilindi:

Hujjat 12.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
14:58
O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozori keskin o‘sish qayd etdi
09:22
Repetitorlik, til kurslari va bog‘cha xizmatlari qimmatlashdi
13:23 / 13.01.2026
Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar: eng katta ulush savdoda
15:21 / 12.01.2026