Jahon | 08:03 / 15.03.2018
4725
2 daqiqa o‘qiladi

Adidas Rossiya va MDHda ishlovchi xodimlarni to‘rtdan bir qismga qisqartirdi

Foto: Getty Images

Germaniyaning sport kiyimi va ekipirovkasi ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi bir yil davomida Rossiya hamda MDHdagi xodimlari sonini 26 foizga qisqartirdi. Bu haqda RNS guruhning moliyaviy hisobotiga asosan xabar bermoqda.

2017 yilning 31 dekabr holatiga ko‘ra, Adidas xodimlarining umumiy soni 56,8 ming kishiga teng bo‘lgan, ulardan Rossiya va MDHda – 16 foiz (9,1 ming). Bir yil muqaddam Adidas shtati 58,9 ming kishini tashkil etgan, ulardan Rossiya hamda MDHda 21 foizi  (12,4 ming kishi) ishlagan.

“Ko‘rsatkichlar biroz yomon. Biroq, Rossiya muhim bozor bo‘lib qolishda davom etadi hamda kompaniya uning rivojiga sarmoya kiritadi”, - deya xabar bergan Adidas matbuot xizmati.

Adidas’ning Rossiya va MDHdagi sotuvlari hajmi 3 foizga kamaydi hamda 660 mln yevroni tashkil etdi. Kurslar orasidagi farq e'tiborga olinmasa, pasayish deyarli 13 foizni tashkil etdi. Kompaniya bunday yo‘qotishni iste'molchilar kayfiyati va mamlakatlarda do‘konlar sonining kamayishi bilan izohladi.

2017 yilda Adidas butun dunyo bo‘ylab 487 do‘konni yopdi hamda 264ta yangi obektni ochdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid