Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya bosh vaziri Rossiyaga borishdan bosh tortdi
Estoniya bosh vaziri Yuri Ratas Rossiyaga may oyida rejalashtirilgan amaliy tashrifini bekor qildi. Bunga GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi bilan bog‘liq ish sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Delfi.
«EP100 jamoasi tashkilotchilari bosh vazirga Krasnoyarskka borish taklifini berishdi, u yerda 16-21 may kunlari Estoniya madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi», - deya aytib o‘tdi Estoniya hukumatining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Urmas Seaver.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bosh vazir yaqinda ro‘y bergan xalqaro hodisalar tufayli Krasnoyarskka borish kerak emas, degan fikrga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson Moskvaning Britaniyadan bo‘lgan diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha javob choralari haqidagi va'dasini izohlab, unga «ovozni o‘chirishni» maslahat bergandi.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026