Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson Moskvaning Britaniyadan bölgan diplomatlarni mamlakatdan çiqarib yuboriş böyiça javob çoralari haqidagi va'dasini izohladi va unga «ovozni öçirişni» maslahat berdi. Bu haqda Sky News xabar qilmoqda.
«Biz qiladigan narsa – Rossiya bizning xatti-harakatlarimizga qanday javob berişini köriş. Rossiya Solsberida uyuştirgan holat, bu şafqatsiz va yaramas akt. Biz bunga javob qaytardik. Rostini aytsak, Rossiya çetga çiqişi va ovozini öçirişi kerak», - deya ma'lum qildi Uilyamson.
Eslatib ötamiz, avvalroq RF TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya ham britaniyalik diplomatlarni çiqarib yuborişi haqida aytib ötgandi.














