Jamiyat | 12:41 / 16.03.2018
70183
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda yo‘lni tozalash ishlariga jalb etilgan o‘qituvchi halok bo‘ldi

2018 yil 14 mart kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida magistral yo‘lni tozalash ishlariga jalb etilgan Diana Inikova YTH oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Bu xabarni KUN.UZ’ning Xalq ta'limi vazirligi hamda Samarqand viloyati IIB YHXBdagi manbasi tasdiqladi. 1995 yilda tug‘ilgan Dianani Samarqand-Buxoro yo‘li o‘rtasidagi to‘siqlarni ivitilgan ohak bilan oqlayotgan vaqtda yuk mashinasi urib yuborgan. 

O‘qituvchi zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. 

Ma'lum qilinishicha, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-o‘rta maktabda boshlang‘ich sinflarga mehnat ta'limidan dars berib kelgan Diananing 1 nafar farzandi bo‘lgan. U 15 mart kuni dafn qilingan. 

Mavzuga oid