Jahon | 16:45 / 16.03.2018
11994
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni butkul uzmoqchi
Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanning ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik dasturini to‘xtatib qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali xabar berdi.
«Biz iqtisodiyotimizni Rossiya tomonidan muntazam ravishda o‘tkazib kelingan holatlardan chiqarib olish ustida ishlamoqdamiz. Men topshiriq berdim, biz hozirda hukumat qarorini tayyorlamoqdamiz, o‘ylashimcha, chorshanba kuni uni qabul qilamiz. U 2011 yilda imzolangan iqtisodiy hamkorlik dasturini to‘xtatib qo‘yishi kerak bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi Groysman.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Donbassdagi tinchlikparvarlar bo‘yicha bayonot bergandi.
Mavzuga oid
20:14 / 14.10.2024
Rossiyada Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan migrantlar Ukrainaga qarshi urushga borishga majburlanayotgani aytildi
13:50 / 14.10.2024
Ukraina tunda Rossiyaning 68 ta dronidan 31 tasini urib tushirdi
21:00 / 12.10.2024
Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik ustidan Rossiyada sud boshlandi
19:32 / 12.10.2024