Abdulaziz Komilov Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi
2018 yilning 17 mart kuni muntazam siyosiy maslahatlashuvlar amaliyoti doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbat qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga doir masalalar suhbatning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Vazirlar tomonidan Toshkent forumiga tayyorgarlik jarayoni, mazmuniy qismi, uning yakuniy hujjati loyihasi va Afg‘oniston muammosini siyosiy hal qilish choralarini topish masalasi bo‘yicha qo‘shma sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Afg‘oniston markaziy hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlash lozimligi bo‘yicha umumiy fikr izhor etildi.
Mavzuga oid
15:30 / 04.11.2024
Lavrov: Zelenskiyning «rejasi» va «formulasi» Yevropani tinchlikka yaqinlashtirmaydi
12:50 / 02.11.2024
Lavrov Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor Yevroittifoqqa boradi
10:30 / 02.11.2024
Lavrov Turkiyani Ukrainaga qurol yetkazib bergani uchun tanqid qildi
19:09 / 26.10.2024