O‘zbekiston | 01:25 / 18.03.2018
49830
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Samarqandda majlisbozlikka 1 yil moratoriy joriy qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Past darg‘om tumanida viloyat faollari bilan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Davlat rahbari 1 yil mobaynida viloyat kesimida majlisbozlikka yo‘l qo‘yilmasligi haqida so‘z yuritdi. Bu haqda videoselektorda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda. 

“O‘zim nazorat qilaman. Birorta tumanning 5 sektor rahbarlari viloyat hokimi ruxsatisiz o‘z hududini tark etsa, o‘sha kuni ishdan ketadi. Rayondan Bosh vazirning ruxsatisiz ishdan chiqqan kuni ishdan olib tashlayman. Mana shu tizimda Samarqandda 1 yil ishlaymiz. O‘zim nazorat qilaman. Majlis ham kerak emas. Balandparvoz gap ham kerak emas. Faqat ishlashimiz kerak”, - dedi davlat rahbari. 

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bir yilda 120 ming ish o‘rni yaratilishiga doir rejalari xususida ham so‘z yuritar ekan, ma'ruzasining davomida bu raqamlarni asoslab berishini bildirdi. 

Mavzuga oid