Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jonson: Rossiyaning javob choralari rossiyaliklarning o‘ziga zarar keltiradi
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson ma'lum qildiki, Buyuk Britaniya sobiq josus Sergey Ckripal zaharlanishi ortidan 23 nafar rossiyalik diplomatni qirollikdan chiqarib yuborishiga javoban Rossiya tomonidan qaytarilgan javob chorasi faqat rossiyaliklarning o‘zigagina zarar keltiradi. Bu haqda The Sun xaba tarqatdi.
«Bu befoyda choralar faqat oddiy rossiyaliklarga zarar keltiradi. Ular ingliz tilini o‘rganib, Britaniya vizasi uchun zayavka topshirish imkoniyatidan mahrum bo‘lishadi», — degan Jonson.
U Solsberidagi voqeadan keyin Fransiya, Germaniya va AQSh Britaniyani qo‘llab-quvvatlab chiqishganini eslatib o‘tgan. Rossiya esa, uning fikricha, «izolyatsiyada yakkalanib qolmoqda».
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniya elchixonasining 23 nafar diplomatik xodimidan Rossiya hududini bir hafta muddat ichida tark etishni talab qilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Rossiyada Britaniya Kengashi (British Council)ning faoliyati to‘xtatilmoqda.
Mavzuga oid
22:31 / 03.03.2025
Boris Jonson Tramp nega Ukrainaga bosim qilayotganini tushuntirdi
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
23:14 / 30.09.2024
Boris Jonson migratsiya inqirozida Fransiya prezidentini aybladi
11:36 / 12.01.2024