Rossiya Taşqi işlar vazirligi Buyuk Britaniya elçixonasining 23 nafar diplomatik xodimidan Rossiya hududini bir hafta muddat içida tark etişni talab qildi. Bu haqda RF TIV saytida xabar berildi.
«Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elçixonasi 23 nafar diplomatik xodimi bir hafta muddat içida mamlakatdan çiqib ketişi lozim», - deyiladi taşqi siyosat idorasi xabarida.
TIVdan ta'kidlaşlariça, bunday çoralar «Britaniya tomonining provokatsion harakatlari hamda Buyuk Britaniyaning Solsberi şahrida 4 mart kuni GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanişi tufayli Rossiya Federatsiyasiga qöyilgan asossiz ayblovlar tufayli» qabul qilingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq OAV Skripalni zaharlaş uçun qöllangan modda uning qizi çamadonida bölgani haqida xabar bergandi.














