Rossiyada Britaniya Kengaşi (British Council)ning faoliyati töxtatilmoqda, bu uning tartibga solinmagan maqomi tufayli röy beryapti. Bu haqda Rossiya TIV saytida xabar berilgan.

«Britaniya Kengaşining Rossiya Federatsiyasidagi faoliyati uning tartibga solinmagan maqomi tufayli töxtatilmoqda», - deyiladi xabarda.

Avvalroq, Rossiya britaniyalik 23 diplomatni mamlakatdan çiqarib yuborayotgani xabar berilgandi.

Eslatib ötamiz, 15 mart kuni Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson Moskvaning Britaniyadan bölgan diplomatlarni mamlakatdan çiqarib yuboriş böyiça javob çoralari haqidagi va'dasini izohlab, unga «ovozni öçirişni» maslahat bergandi.