Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy parlamenti mamlakat hukumati yangi tarkibini tasdiqladi
Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini birinchi sessiyasi delegatlari XXR Davlat kengashi yangi tarkibini ma'qullashdi.
Davlat kengashi bosh vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimini Shanghay partiya qo‘mitasi sobiq rahbari Xan Chjen egalladi. Shuningdek, hukumat rahbarining boshqa o‘rinbosarlariga: MQ Yagona front bo‘limi sobiq boshlig‘i Sun Chunlan, Guandun provinsiyasi partiya qo‘mitasi sobiq rahbari Xu Chunxua va XXR raisi Si Tszinpinning iqtisodiyot bo‘yicha yetakchi maslahatchisi Lyu Xe aylandi.
XXR Davlat kengashi a'zolariga Van Yun, tashqi ishlar vaziri Van I, mudofaa vaziri Vey Fenxe, Davlat kengashi kotibi Syao Tsze va jamoat xavfsizligi vaziri Chjao Kechji aylandi.
Xitoy Xalq bankiga 16 yil davomida rahbarlik qilgan Chjou Syaochuan Davlat kengashidagi o‘zgarishlar tufayli o‘z lavozimini tark etdi. Endi bu vazifani uning sobiq o‘rinbosari I Gan bajaradi.
Avvalroq Xitoy parlamenti Davlat kengashining keng ko‘lamli islohotini ma'qullagandi. Hukumat yangi tarkibi vazirlik darajasidagi 26 mahkamaga ega, yana to‘rt mahkamaning tuzilmasi hamda vazifalari optimallashtirildi. Nazorat-taftish boshqarmasiga yana Xu Tszetszyun rahbar bo‘ldi, yangi kabinetda Rivojlanish va islohot bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimini Xe Lifen o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Chjun Shan tijorat vaziri bo‘lib qoldi.
Chen Baoshen ta'lim vaziri bo‘lgan bo‘lsa, mamlakat Ilm-fan va texnika vazirligiga Van Chjigan rahbar etib tayinlandi. Sanoat va axborotlashtirish bilan Myao Vey shug‘ullanadi, Fu Chjenxua adliya vaziriga aylandi, Xitoy mehnat resurslari va ijtimoiy ta'minot vazirligiga Chjan Tszinan rahbar bo‘ldi. Millatlar ishi bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisligiga Bagatur tayinlandi.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026