Messida yangi rekord
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 29-turida «Atletik»ka qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uy uchrashuvidagi gollardan birini urdi.
Bu gol argentinalik ushbu hujumchi uchun Primeraning joriy mavsumidagi 25-gol bo‘ldi. Shu tariqa, 30 yoshli futbolchi Primeraning qatorasiga 9 mavsumida kamida 25tadan gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Ikkinchi ko‘rsatkich «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduga tegishli, u Ispaniya chempionatida qatorasiga 8ta mavsumda kamida 25tadan gol urgan. Shu bilan birga portugaliyalik futbolchi Messining rekordini shu mavsumdayoq takrorlashi mumkin. Hozirda Ronalduda joriy mavsumda urilgan 22 gol mavjud.
Bu boradagi uchinchi natija «Real»ning sobiq futbolchisi Ugo Sanchesga tegishli, u Primeraning qatorasiga 4 mavsumida kamida 25ta gol urgan.
Mavzuga oid
15:20 / 17.09.2024
Yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa odam deb topildi
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
12:38 / 30.08.2024
«Barsa»dan jiddiy start. Flik chempionlik uchun kurashishini baralla e’lon qildi
18:54 / 09.08.2024